School 21 · Amaliyot hisoboti

Chinor POS:
do‘konni raqamlashtirish

Kassa, admin panel, Telegram bot va Mini App — bitta tizimda

Alimjonov Abdulaziz · Intern ID 878433

17.06.2026 — 20.10.2026

01 · Kompaniya

“Chinor” — qurilish va bo‘yoq mollari do‘koni

7 000+

tovar, 16 ta bo‘lim

54 000

chek bir yilda

8–22

har kuni ishlaydi

Madaniyat

  • Tez qaror: egasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Telegram orqali
  • Halollik: mijozga soxta “top” yoki uydirma raqam ko‘rsatilmaydi
  • Amaliyot birinchi: funksiya kassada ishlasa — tayyor

Manba: YesPOS cheklari, 13.09.2025 — 19.10.2026

02 · Lavozim

Full-stack dasturchi: IT bo‘limining o‘zi

Ertalab

Server, tunnel va sinxronlarni tekshirish; tungi zaxira kelganini ko‘rish

Kun davomida

Egasi va kassirlardan kelgan so‘rovlar: yangi funksiya yoki nosozlik

Sinov

Bazaning nusxasida, alohida portda — jonli savdoga tegmasdan

Chiqarish

Botni qayta ishga tushirish, Mini App deploy, kassa/admin yangilanishi

Mentor: Mo‘minjonov Abduqodir

03 · Jamoa va jarayon

Kichik jamoa, qisqa sikl

So‘rov

Prototip

Nusxada sinov

Egasi tasdig‘i

Deploy

KimRoli
Do‘kon egasiProduct owner: talab qo‘yadi, natijani qabul qiladi
Kassirlar, xodimlarFoydalanuvchilar: kassa va botdan fikr-mulohaza
MenDizayn, kod, sinov, deploy, server qo‘llab-quvvatlash
Claude CodeAI juft-dasturchi: kod yozish va tekshirishda yordam

Vositalar: Git · Python/aiohttp · Electron · SQLite · Cloudflare · Telegram API · ffmpeg

04 · Nima qurildi

To‘rt ilova — bitta server

Kassa · Electron, oflayn

Admin panel · Electron

Telegram bot

Mini App · mijoz do‘koni

API server

Python aiohttp + SQLite
Cloudflare tunnel
Kunlik zaxira 23:30

YesPOS · 15 daqiqada

Cheklar · 30 daqiqada

AI: Gemini zanjiri

Kanal · kunlik video

≈ 54 000 qator kod · Python, JavaScript, HTML/CSS

05 · Vazifalar statistikasi

4 oy — 95 ta yopilgan vazifa

95

jami vazifa, hammasi bajarilgan

80

yangi funksiya

15

qayta ochilgan (tuzatish), 16%

1,3

kun — o‘rtacha bir vazifaga

OyVazifaAsosiy yo‘nalish
Iyun23Bot, Mini App, kassa — poydevor
Iyul15Sinxron, admin panel 1.1, chek printeri
Avgust36AI tavsif, kategoriyalar, YesPOS ko‘prigi
Sentyabr–Oktyabr21Server ko‘chishi, mijoz do‘koni, video, bashorat

Manba: git tarixi (commit = vazifa), 17.06 — 20.10.2026

06 · Vazifalar

Eng sevimli va eng og‘ir vazifa

Sevimli

Halol AI maslahatchi va taqqoslash videosi

Mijoz savol beradi — tizim yorliq, reyting va haqiqiy sotuv/qaytish raqamlaridan “sifatli · optimal · arzon” tanlovini tuzadi. Har kuni shundan ovozli video chiqadi.

Eng og‘ir

Server to‘satdan o‘chdi

Bulut hisobi to‘xtatildi — kassa va bot ishlamay qoldi. Bir kunda serverni ofis Mac’iga ko‘chirdim: launchd, tunnel, avtomatik zaxira.

07 · Ko‘nikmalar

Nimani o‘rgandim — misollar bilan

Ko‘nikmaMisol
XavfsizlikAuth tekshiruvidagi jim xato: bo‘sh javob “false” bo‘lib, POST’lar himoyasiz qolgan — topib tuzatdim
Ma’lumotlar yaxlitligiSKU to‘qnashuvi: sinxron boshqa tovarni ustiga yozmasligi uchun himoya (to‘xtatadi va adminga xabar)
UskunalarTermal printer: ESC/POS buyruqlari bilan Mac va Windows’da ixcham chek + QR
IshonchlilikBir nechta AI provayder zanjiri: kalit tugasa keyingisiga o‘tadi
Mediaffmpeg: ovoz, subtitr va kadrlarni sinxronlab avtomatik video
MuloqotTexnik bo‘lmagan egasiga talabni aniqlashtirish va natijani ko‘rsatish

08 · Natija va hissa

Do‘kon endi raqamlar bilan ishlaydi

98%

chek qatorlari katalogga avtomatik bog‘lanadi

7 033

tovar qoldig‘i va narxi har 15 daqiqada YesPOS bilan bir xil

17 → 163

yetkazib beruvchi bo‘yicha avtomatik buyurtma tavsiyasi (pozitsiya)

370 mln

so‘mlik 90+ kun harakatsiz tovar aniqlandi

Do‘kon oktyabr savdosi o‘tgan yilga nisbatan +65% (YesPOS cheklari)

Keyingi qadamlar

  • Instagram va YouTube’ga kunlik videoni avtomatik joylash
  • Kassa 1.7.9: bitta tovarga bir nechta shtrix-kod
  • Avtomatik testlar va katta fayllarni bo‘lish

Rahmat!

Savollaringizga tayyorman

Alimjonov Abdulaziz · mentor: Mo‘minjonov Abduqodir